Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Адлия ходимлари билан биргаликда фуқаролар учун хуқуқий саводхонликни ошириш мақсадида давра сухбати ташкил қилди.
янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi o‘rganildi.
янв.21
Депутат кўмагида Ордер масаласида тиббий кўрик ўтказилди.
янв.21
Депутат томонидан Кураш зали ҳолати ўрганилди.
янв.21
Guliston tuman Kengashining 2026-yil 30-martdagi VII-25-35-9-124-K/26-sonli qarori ijrosi doimiy nazoratda.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish va bandlikka yangi qadam!
Nurobod tumanida ichimlik suvi ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi Yuksalish, Nurdum va Mash’al mahallalarida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Samarqand viloyat Kengashi deputati A.Muratov, tuman Kengashi raisi Z.Suyarova, tuman Kengashi deputati S.Suyarov hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparati xodimi M.Usanovalar ishtirok etdi.

Deputatlar mazkur hududlarda aholini barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida yangidan qurilayotgan 2-sonli nasos stansiyasining holati bilan tanishdilar. Qurilish ishlarining borishi, loyihaning ahamiyati hamda uning aholi hayotidagi o‘rni atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

✅ Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash — ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 2