Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан маҳалла еттилиги фаолиятини ўрганилди.
янв.21
Депутат Дастур асосида қурилиш битмай қолган объект холатини ўрганди
янв.21
Депутат томонидан маҳалладаги дорихоналар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан Соҳилобод маҳалласидаги хизмат кўрсатиш масканлари фаолияти ўрганилди.
янв.21
MUROJAT O'RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT O‘RGANDI: NATIJA BOR, ISH BOR!
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
ZARBDOR MFYDA AMALIY ISHLAR VA O‘RGANISHLAR!
янв.21
Deputati boshchiligida mahalladagi ariq betonlashtirildi.
янв.21
Deputat ko‘magi bilan elektr energiyasi quvvati tiklandi.
Kengash_faoliyati

Bandixonning "Mustaqillik" ko‘chasi 24/7 rejimida faoliyat yuritadi!

✅Bandixon MFY hududidagi markaziy ko‘chalardan biri — "Mustaqillik" ko‘chasining 800 metr qismini tun-u kun faoliyat yuritadigan (24/7) zamonaviy manzilga aylantirish loyihasi qizg‘in pallaga kirdi.

🚨Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.Jurayev, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D.Musurmonov hamda tuman Kengashi deputatlari mazkur hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

✅Loyiha doirasida nimalar kutilmoqda?

✅Tungi yoritish tizimi: Ko‘cha bo‘ylab zamonaviy energotejamkor chiroqlar o‘rnatilib, hudud tuni bilan yorug‘ bo‘lishi ta’minlanadi.

✅Savdo va xizmat ko‘rsatish: Tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratilib, aholiga sutkasiga 24 soat davomida sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

✅Aholi dam olish maskanlari: Piyodalar yo‘lakchalari, o‘rindiqlar va obodonlashtirish ishlari orqali ko‘cha tuman aholisining sevimli sayrgohiga aylanadi.

🚨"Maqsadimiz — tumanimiz aholisi va mehmonlari uchun xavfsiz, yorug‘ va qulay sharoitlarni yaratish, shu bilan birga mahalliy tadbirkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdir", — deyiladi o‘rganish jarayonida.

✅Hozirda qurilish-montaj ishlari sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2