Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан маҳалладаги дорихоналар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан Соҳилобод маҳалласидаги хизмат кўрсатиш масканлари фаолияти ўрганилди.
янв.21
MUROJAT O'RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT O‘RGANDI: NATIJA BOR, ISH BOR!
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
ZARBDOR MFYDA AMALIY ISHLAR VA O‘RGANISHLAR!
янв.21
Deputati boshchiligida mahalladagi ariq betonlashtirildi.
янв.21
Deputat ko‘magi bilan elektr energiyasi quvvati tiklandi.
янв.21
Депутат мактабгача таълим ташкилотида болалар учун яратилган шароитларни ўрганди.
янв.21
Депутат тадбиркорлар фаолиятини ўрганди.
Mirobod tumanida mahallalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi K. Burxanov hamda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B. Mirzaraximov ishtirokida Mirobod tumani hokimligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash, jumladan, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha 2026 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda tuman IIOFMB boshlig‘i, tuman prokurori, mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, mavjud holat tahlil qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berildi. 

Asosiy e’tibor aholi xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish va mahallalarda barqaror ijtimoiy muhitni yaratishga qaratildi.

Shuningdek, K.Burxanov va B. Mirzaraximov, tuman hokimi A.Sayfutdinov, tuman prokurori B.Abdullayev, tuman IIOFMB boshlig‘i U.Nasritdinovlar “Ziyonur” hamda “Qo‘yliq ota” mahallalariga tashrif buyurib, ushbu hududlarda xavfsiz muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mahalla “yettiligi” a’zolari, profilaktika inspektorlari va mas’ul rahbarlar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar muhokama qilindi.

Yakunda mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, mahallalarda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 

Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/

Slide 1 of 10