✔️Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputati Oybek Abdullayev tomonidan No‘g‘oyqo‘rg‘on MFY yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda mahallada istiqomat qilayotgan ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy qiziqishlari hamda mavjud muammolarini aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
✅Jarayon davomida yoshlar bilan hamda ularning ota onalari bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, ularning malakasi, ish tajribasi va qiziqish yo‘nalishlari o‘rganildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, yoshlarni kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
#deputatlik_faoliyati