Sog‘liqni saqlash — doimiy e’tibor markazida!
Pop tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati deputat e’tiborida o‘rganildi.
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati Ergasheva Shaxzoda tomonidan saylov okrugi hududidagi tibbiyot muassasasi faoliyati joyiga chiqib tahlil qilindi.
🔹Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati,
🔹Bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash darajasi,
🔹Muassasaning umumiy ish samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan aniq taklif va amaliy tavsiyalar berildi. Barcha ko‘tarilgan masalalar deputat nazoratiga olindi.
💬Aholi salomatligi — eng ustuvor vazifa!