Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Адлия ходимлари билан биргаликда фуқаролар учун хуқуқий саводхонликни ошириш мақсадида давра сухбати ташкил қилди.
янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi o‘rganildi.
янв.21
Депутат кўмагида Ордер масаласида тиббий кўрик ўтказилди.
#deputatlik_faoliyati

Deputat tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim muassasasi oshxonasi faoliyati o‘rganildi

Tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan hududdagi 37-maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida muassasa oshxonasining sanitariya-gigiyena holati, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoitlari hamda taomnoma asosida ovqat tayyorlash jarayoni atroflicha ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan oshxonada yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, oziq-ovqat mahsulotlarining sifat sertifikatlari, yaroqlilik muddati, muzlatkich va saqlash jihozlarining holati hamda oshpazlar tomonidan gigiyena qoidalariga rioya etilishi o‘rganildi. 

Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga berilayotgan issiq ovqatlarning sifati va me’yorlarga mosligi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1