Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан маҳалладаги дорихоналар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан Соҳилобод маҳалласидаги хизмат кўрсатиш масканлари фаолияти ўрганилди.
янв.21
MUROJAT O'RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT O‘RGANDI: NATIJA BOR, ISH BOR!
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
ZARBDOR MFYDA AMALIY ISHLAR VA O‘RGANISHLAR!
янв.21
Deputati boshchiligida mahalladagi ariq betonlashtirildi.
янв.21
Deputat ko‘magi bilan elektr energiyasi quvvati tiklandi.
янв.21
Депутат мактабгача таълим ташкилотида болалар учун яратилган шароитларни ўрганди.
янв.21
Депутат тадбиркорлар фаолиятини ўрганди.
MUROJAAT E’TIBORDA: O‘QUVCHILAR XAVFSIZLIGI – ASOSIY MASALA

MUROJAAT E’TIBORDA: O‘QUVCHILAR XAVFSIZLIGI – ASOSIY MASALA

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati M.Mamurjonova nomiga "Mehnat" mahallasi saylovchilari hamda hududdagi 5-sonli umumta’lim maktabi ma’muriyati va ota-onalaridan jiddiy xavotir aks etgan murojaat kelib tushdi.

Muammo nimada?

Maktabga tutash yo‘lda transport qatnovi juda yuqori. Biroq, bu yerda na piyodalar o‘tish yo‘lagi ("zebra") va na maxsus ogohlantiruvchi yo‘l belgilari mavjud. Bu holat har kuni yuzlab o‘quvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymoqda.

Mazkur murojaat asosida deputat M.Mamurjonova tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Yo‘l xavfsizligini ta’minlash, belgilarni o‘rnatish va "zebra" chiziqlarini chizish masalasi qat’iy nazoratga olindi.

Farzandlarimiz xavfsizligi — barchamizning burchimiz!