Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан маҳалладаги дорихоналар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан Соҳилобод маҳалласидаги хизмат кўрсатиш масканлари фаолияти ўрганилди.
янв.21
MUROJAT O'RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT O‘RGANDI: NATIJA BOR, ISH BOR!
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
ZARBDOR MFYDA AMALIY ISHLAR VA O‘RGANISHLAR!
янв.21
Deputati boshchiligida mahalladagi ariq betonlashtirildi.
янв.21
Deputat ko‘magi bilan elektr energiyasi quvvati tiklandi.
янв.21
Депутат мактабгача таълим ташкилотида болалар учун яратилган шароитларни ўрганди.
янв.21
Депутат тадбиркорлар фаолиятини ўрганди.
DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan hamkorlikda saylangan okruglarda o‘tkaziladigan uchrashuvlar reja-jadvaliga muvofiq, tuman Kengashiga 20-Ulug`bek saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g`li o‘z okrugidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida deputat saylov okrugi tarkibiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlarida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Jumladan, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda aholi murojaatlari asosida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etildi. Tadbirda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda tegishli kommunal soha tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida aholi tomonidan ko‘tarilgan mahalladagi yechimini kutayotgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. 

Slide 1 of 6