Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ёшлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
ZARBDOR MFYDA AMALIY ISHLAR VA O‘RGANISHLAR!
янв.21
Deputati boshchiligida mahalladagi ariq betonlashtirildi.
янв.21
Deputat ko‘magi bilan elektr energiyasi quvvati tiklandi.
янв.21
Депутат мактабгача таълим ташкилотида болалар учун яратилган шароитларни ўрганди.
янв.21
Депутат тадбиркорлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Yashil bog‘ – e’tibor va nazorat markazida!
янв.21
Saylovchilarning Murojaati O‘rganildi – Haqiqiy Yordam Bilan
янв.21
Депутат кўп қаватли уйларни таъмирлаш учун ажратилган маблағларни мақсадли сарфланишини назоратга олди.
янв.21
Депутат иссиқхона фаолиятини кенгайтириш истагида бўлган тадбиркорлар шароитларини ўрганди.
Quyi Darg‘om mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Xoliqulova tomonidan Quyi Darg‘om mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda yordamga muhtoj aholi qatlamini yanada kengroq qamrab olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish va aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1