Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputati boshchiligida mahalladagi ariq betonlashtirildi.
янв.21
Deputat ko‘magi bilan elektr energiyasi quvvati tiklandi.
янв.21
Депутат мактабгача таълим ташкилотида болалар учун яратилган шароитларни ўрганди.
янв.21
Депутат тадбиркорлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Yashil bog‘ – e’tibor va nazorat markazida!
янв.21
Saylovchilarning Murojaati O‘rganildi – Haqiqiy Yordam Bilan
янв.21
Депутат кўп қаватли уйларни таъмирлаш учун ажратилган маблағларни мақсадли сарфланишини назоратга олди.
янв.21
Депутат иссиқхона фаолиятини кенгайтириш истагида бўлган тадбиркорлар шароитларини ўрганди.
янв.21
Депутат маҳалладаги аёллар ўртасида содир этилаётган жиноятларнинг олдини олиш юзасидан танқидий йиғилиш ўтказди.
янв.21
Депутат томонидан маҳаллада бўш турган бинода тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйиш бўйича таклифлар илгари сурилди.
Mahalla xodimlari faoliyatlari o‘rganildi

🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan “Ko‘k to‘nli” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Sh.Ulug‘toyeva, yoshlar yetakchisi Z.Sobirov hamda “S.Xondayliqiy” mahallasi xotin-qizlar faoli Z.Odilova foliyatlari xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati B.Azmetov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida:

-Yettinchi bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan choralar;

-yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilgan ishlar;

-xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar;

-mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalari ro‘yobga chiqarish va bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;

-“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va moddiy yordamlar;

-yoshlarni tadbirkorlik, zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔷O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4