Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ёшлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
ZARBDOR MFYDA AMALIY ISHLAR VA O‘RGANISHLAR!
янв.21
Deputati boshchiligida mahalladagi ariq betonlashtirildi.
янв.21
Deputat ko‘magi bilan elektr energiyasi quvvati tiklandi.
янв.21
Депутат мактабгача таълим ташкилотида болалар учун яратилган шароитларни ўрганди.
янв.21
Депутат тадбиркорлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Yashil bog‘ – e’tibor va nazorat markazida!
янв.21
Saylovchilarning Murojaati O‘rganildi – Haqiqiy Yordam Bilan
янв.21
Депутат кўп қаватли уйларни таъмирлаш учун ажратилган маблағларни мақсадли сарфланишини назоратга олди.
янв.21
Депутат иссиқхона фаолиятини кенгайтириш истагида бўлган тадбиркорлар шароитларини ўрганди.
Deputat mahallada

 Saydobodda aholi murojaatlari tinglandi: Muammolar va yechimlar 

Xalq bilan muloqot qilish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash deputatlik faoliyatining bosh mezonidir.  

Bugun 12-Saydobod saylov okrugi deputati N. Ubaydullayeva hamda Kengash
kotibiyati xodimi L. Iskandarov ishtirokida "Saydobod" MFY hududida
fuqarolarning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
 

Qabul davomida aholi tomonidan quyidagi muhim masalalar ko‘tarildi: 

Ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash va aholi harakati uchun qulaylik yaratish; 

Mahalladagi eskirgan simyog‘ochlarni yangilariga almashtirish; 

Qabriston oldida joylashgan "Yoshlar bog‘ini" boshqa qulayroq
joyga ko‘chirish va hududni tartibga keltirish.
 

"Har bir murojaat ortida inson taqdiri va mahalla farovonligi
yotibdi."
 

Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan tegishli
tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi. Ba’zi masalalar
bo‘yicha joyida tushuntirishlar berilib, ijro muddatlari belgilab olindi.
  

Slide 1 of 3