“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Mazkur ezgu tashabbusda Bo‘ka tumanning Ko‘p tarmoqli poliklinikasida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Abdulazizova ham faol ishtirok etdi. Hashar davomida ko‘chatlar ekilib, hudud atrofi tozalandi.
Bunday xayrli tashabbuslar atrof-muhitni asrash, hududlarni yanada ko‘rkam qilish bilan birga jamoada hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.