Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Депутат хотин-қизлар фаоли фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат туман марказидаги "Ёшлар боғи" ҳолатини танқидий ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг мурожаатларини жойига чиқиб ўрганган холда ижобий томонга хал этди.
янв.21
Депутат "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида экилган кўчатлар холатини ўрганди.
янв.21
Депутат сўров орқали фуқаро мурожаатини ижобий томонга хал қилди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини мутахассислар жалб қилган холда ижобий томонга хал қилди.
янв.21
Депутат маҳалла еттилиги фаоилятини жиноятчиликни олдини олиш бўйича танқидий ўрганди.
янв.21
Депутат ҳоким ёрдамчиси фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rgandi.
#96_qonun 📌 Sog‘liq – eng katta boylik!

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Shaxlo Mardanova tomonidan Ishtixon tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlariga bir qator qonunlar bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

Uchrashuvda quyidagi qonunlar asosida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va sog‘lom hayotni ta’minlash masalalari muhokama qilindi:

1️⃣ Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida (№265-I, 29.08.1996)

 Ushbu qonun fuqarolarning sog‘ligini saqlashni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilaydi. Qonun doirasida tibbiyot xizmatlarining sifatini oshirish, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari tartibga solinadi.

2️⃣ Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida (№O‘RQ-393, 26.08.2015)

 Qonun aholining sanitariya va epidemiologik xavfsizligini ta’minlashni maqsad qiladi. Suv, oziq-ovqat, havo sifati va umumiy gigiyena normalari nazorat qilinadi, epidemiyalarning oldini olish choralari belgilangan.

3️⃣ «Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar (№O‘RQ-399, 04.01.2016)

 Ushbu hujjat dorivor vositalar ishlab chiqarish, saqlash va sotishni tartibga soladi. Davlat tomonidan sifat nazorati o‘rnatilib, aholiga xavfsiz va samarali dori vositalarini yetkazib berish kafolatlanadi.

4️⃣ Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida (№O‘RQ-528, 11.03.2019)

 Qonun oilaviy va reproduktiv salomatlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Homiladorlik, tug‘ish va homiladorlikni rejalashtirish, sog‘lom avlodni tarbiyalashga doir choralar nazarda tutiladi.

5️⃣ Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida (№O‘RQ-989, 05.11.2024)

 Ushbu qonun aholiga psixologik yordam ko‘rsatishni tartibga soladi, stress, ruhiy zo‘riqish va psixologik muammolar bilan samarali kurashish mexanizmlarini belgilaydi.

Uchrashuvda deputat Shaxlo Mardanova qonunlarni amaliyotga tatbiq etish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va aholiga profilaktik yordam ko‘rsatishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berdi.

✅ Sog‘lom hayot, xavfsiz muhit va sifatli tibbiy xizmat – har birimizning huquqimiz!

Slide 1 of 6