Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi guruhi tomonidan hududlardagi ijtimoiy infratuzilma, xususan elektr ta’minoti tizimi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar davomida Zarbdor tumani “Oqbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini Chavandozlar ko‘chasida joylashgan 3 ta elektr tayanch ustuni ta’mirtalab ahvolda ekani hamda ularni almashtirish yuzasidan aholidan murojaatlar kelib tushgani aniqlandi. Shu munosabat bilan mazkur elektr tayanch ustunlarini belgilangan tartibda almashtirish hamda zarur texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.