Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
“Buyuk kelajak” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari o‘rganildi

“Buyuk kelajak” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari o‘rganildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-V sonli qarori asosida hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etish boʻyicha hamkorlik yoʻnalishlari doirasida Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati K.Mirzayev oʻzi saylangan “Buyuk kelajak” mahallasida boʻlib, mahallada hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar bilan tanishdi. Shuningdek, olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratdi.

️Xususan, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Jumladan, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, imtiyozli kreditlar asosida tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati bilan tanishildi hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda mahallada aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 10