Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashib, dolzarb muammolarni o‘rgandi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputatlari N.Zafarova va S.Muhammadiyev o‘zlari saylangan Do‘stlik va Sohil mahallalari fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari va ularning ijrosi yuzasidan ma’lumot berildi.

Deputatlar tomonidan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit yaratish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish orqali ularning taklif va muammolarini o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Jumladan, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish, drenaj tizimlarini tartibga keltirish, ayrim joylarda gaz quvurlaridan gaz sizib chiqayotgani, shuningdek 15-maktab o‘yingohining talab darajasida emasligi haqida murojaatlar bildirildi.

Bildirilgan muammolar deputatlar tomonidan o‘rganib chiqilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rilishi qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4