Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
AHOLI MUAMMOLARI VA NARX-NAVO BARQARORLIGI E’TIBOR MARKAZIDA

AHOLI MUAMMOLARI VA NARX-NAVO BARQARORLIGI E’TIBOR MARKAZIDA

Joriy yilning 4-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari — Jo‘rabek Hafizov va Abror Abdug‘aniyev Navoiy shahridagi markaziy dehqon bozorida bo‘lib, bozor faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida deputatlar sotuvchilar hamda xaridorlar bilan muloqot o‘tkazib, ularni qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlarni tingladilar. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligi, mahsulotlar sifati va xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bozor ma’muriyati bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida savdo joylarini tartibga keltirish, infratuzilmani yanada yaxshilash, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Aholiga sifatli va hamyonbop mahsulotlar yetkazib berishni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha fikr almashildi.Deputatlar kelib tushgan murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’kidladilar.

Mazkur tashrif joylardagi muammolarni o‘rganish, aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash va ularning murojaatlariga yechim topishga qaratilgan izchil ishlar davom etayotganining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Slide 1 of 9