Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-668-son. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 24-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2021-yil 6-yanvarda ma’qullangan) ijrosini ta’minlash yuzasidan belgilangan vazifalar doirasida tuman miqyosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur topshiriqqa asosan, bugun Boyovut tuman Madaniyat bo‘limida Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi raisi Obloqul Isanov hamda kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarovalar ishtirokida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida madaniyat muassasalarining faoliyati, moddiy-texnik bazasi, aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifati, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, Qonunda belgilangan vazifalarning joylarda bajarilish holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohaga oid ishlarni yanada takomillashtirish hamda Qonun ijrosini to‘liq ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi va masala deputatlik nazoratiga olindi.

Shuningdek, joriy holat yuzasidan ertaga (05.03.2026) Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengash huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida tuman Madaniyat bo‘limi rahbari Sherzod Holmurotov tomonidan batafsil hisobot taqdim etilishi kelishib olindi.

Slide 1 of 9