Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
Deputat e’tibori – muammolar yechimiga xizmat qiladi

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Burxon Aliqulov o‘z saylov okrugidagi mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.

Deputat “Achchig‘i” MFY faollari va mahalla jamoatchiligi bilan uchrashib, hududdagi holatni ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar davomida mahallaning “Chaqar” qishlog‘idagi elektr tarmoqlari holati bugungi kun talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Xususan, qishloqdagi eski va yaroqsiz simyog‘ochlar aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani hamda texnik xavfsizlik qoidalariga mutlaqo zid ekanligi qayd etildi.

Mazkur muammoni qisqa fursatlarda hal etish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, deputat B.Aliqulov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 4