Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — USTUVOR VAZIFA TERMIZ SHAHRIDA SAYYOR YIGʻILISH O‘TKAZILDI

🏛 Bugun Termiz shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining navbatdagi sayyor yig‘ilishi shahar Tibbiyot birlashmasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning oldini olish, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari diqqat markazida bo‘ldi.

📊 Yig‘ilishda Termiz shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Rustam Odinayevning 2025 yil davomida tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan hisoboti tinglandi.

🔍 Yig‘ilish davomida quyidagi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi:

🔹 Sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish;

🔹 Davlat xaridlari va kadrlar siyosatida ochiqlikni ta’minlash;

🔹 Jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish;

🔹 Muammoli jihatlarga huquqiy baho berish va nazoratni kuchaytirish.

🚫 Yig‘ilish ishtirokchilari korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va tizimni adolatli qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab oldilar. Mazkur yig‘ilish korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi murosasiz kurashish va tizimni yanada ochiq va adolatli qilish yo‘lida muhim amaliy bosqich bo‘lib xizmat qildi. Tadbir yakunida barcha davlat organlari va jamoat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashda o‘zaro hamkorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

✅ Maqsad bitta — tizimda korrupsiyadan xoli muhitni yaratish va xalq ishonchini oqlash!

Slide 1 of 9