Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маҳалла еттилиги фаоилятини жиноятчиликни олдини олиш бўйича танқидий ўрганди.
янв.21
Депутат ҳоким ёрдамчиси фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rgandi.
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
Yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Mirzacho‘l tuman bosh mutaxassisi D.Ubaydullayev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Mirzacho‘l tumani bosh imom-xatibi R.Nishonov, Viloyat qozoq milliy madaniy markazi rahbari U.Saydamanov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi psixologi G.Jonqobulova, Xalq deputatlari tuman Kengashni deputati E. Ergashev, maktab o‘qituvchilari hamda yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida o‘quvchilar bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi. Voyaga yetmaganlar va yoshlarning radikallashuv hamda ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan dress-kod masalalari, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siri, taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarni eshitmaslik va tarqatmaslik, turk va arab liboslariga taqlid qilmaslik, milliy qadriyat va o‘zbekona urf-odatlarga amal qilish orqali sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish zarurligi haqida tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni mustahkamlash, ularni turli zararli g‘oyalar ta’siridan asrash hamda ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5