Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
Deputat mahalla hududidagi QVP faolyati bilan tanishdi

Tashrif davomida deputat tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, dori vositalarining mavjudligi, ularning saqlanishi hamda aholiga yetkazib berish tartibi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 382-sonli “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida 76 turdagi dori-darmon va 35 turdagi tibbiy buyumlar bepul ajratilishi belgilanganligi ma’lum qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, “Shayxlar” mahallasidagi 6 935 nafar aholi bepul dori-darmon hamda tibbiy vositalar bilan ta’minlanmoqda. Bu esa aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini oshirishga xizmat qilmoqda.

Deputat tomonidan kelgusida ham tibbiyot muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6