Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Olmazor tumanidagi 21-"Namuna" saylov okrugiga qarashli “Namuna” va “Kaykovus” mahallalari fuqarolari bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Davronbek Raxmatullayev ishtirok etib, hudud aholisi bilan bevosita muloqot olib bordi. 

Tadbir davomida mahallalarda mavjud infratuzilmaviy masalalar, kommunal xizmatlar sifati, obodonlashtirish ishlari, yoshlar va xotin-qizlar bandligi, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar atroflicha tinglanib, ayrim masalalar yuzasidan joyida tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish uchun deputat nazoratiga olindi.

 Xalq vakili tomonidan fuqarolarning murojaatlari diqqat bilan tinglanib, har bir masala yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.

 Deputat o‘z nutqida aholi bilan ochiq va samimiy muloqot deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab, har bir murojaat e’tiborsiz qolmasligini qayd etdi. Bunday uchrashuvlar hududdagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularni tizimli ravishda bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 8