Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati M. Eshniyozov hamda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i X. Xayitboyev ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yetkazish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, fuqarolarga o‘z huquq va majburiyatlari, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda amaldagi qonun hujjatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.