Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi
Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyojmand hamda nogironligi bo‘lgan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatilib oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi Tangriberganov Maxmud Allaqulievich Paxtakor mahallasida istiqomat qiluvchi Suvanovlar xonadonida bo‘lib, oila a’zolari bilan birgalikda iftorlik qildilar.
Bu kabi ezgu tashabbuslar tumanning barcha mahallalarida har kuni o‘tkazilinib kelmoqda.
Ramazon oyida amalga oshirilayotgan bunday savobli ishlar Jamiyatimizda mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlik fazilatlarini yanada mustahkamlaydi