Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rgandi.
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
Katta Olmazor mahallasida xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

️Tadbirda Katta Olmazor mahallasi raisi Umarov A., Beshyog‘och mahallasi raisi Kambarov A, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman kengashi raisi Tursunova M, mahalla faollari, jamoatchilik va yoshlar ishtirok etdi.

️Uchrashuv davomida xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Fayzullayeva Malika Yarkunovna 2025 yilning 4-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga batafsil axborot berdi.

️Hisobotda, avvalo, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Qayd etilganidek, chorak davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, ularning aksariyati ijobiy hal etildi, ayrim muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritildi va nazoratga olindi.

Shuningdek, hududda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘cha yoritgichlarini yangilash, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish masalalari ham deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, mavjud muammolar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirdilar. Barcha masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va mas’ul idoralar bilan hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida deputat Fayzullaeva Malika Yarkunovna saylovchilar bildirgan ishonch va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish yo‘lida izchil ish olib borishini ta’kidladi.

Mazkur ochiq muloqot aholi bilan doimiy aloqa o‘rnatish, fuqarolarning fikr va takliflarini inobatga olgan holda samarali qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 4