Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI, KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), YERTO‘LALARI, ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI VA YORITILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 24-Tolbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tumanimizdagi Istiqbol MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli turar joylar holatini o‘rgandilar. O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari) holati, yerto‘lalarining saqlanishi va texnik ahvoli, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va obodonlashtirilishi, tungi yoritish tizimining ishlash darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ko‘p qavatli turar joylarda istiqomat qiluvchi aholi bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning mavjud muammolari, taklif va ehtiyojlari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Tadbir davomida deputatlar tomonidan fuqarolarga ko‘p qavatli uy-joylar atrofi va umumiy foydalanishdagi hududlarni ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish hamda har bir fuqaro yashash manzili uchun birdek mas’ul ekanligi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 5