Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
янв.21
Депутат туман марказида ташкил этилган корхона фаолиятини бориб ўрганди.
янв.21
Депутат ташаббуси билан кўчма кутубхона ташкил этилди.
янв.21
"Tumanda yangi parrandachilik investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda"
Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga muvofiq ijtimoiy himoya, infratuzilma, kommunal xo‘jalik, yo‘l va obodonlashtirish, shuningdek mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi.

Xususan, Prezident farmoni asosida tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘lar ajratish, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish, shahar va aholi punktlaridagi ichki yo‘llar infratuzilmasini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tuman mahalliy budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar, Prezidentning tuman Xalq qabulxonasi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan olib borilgan ishlar ham sessiya ishtirokchilariga ma’lumot sifatida taqdim etildi.

Sessiya yakunida Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashi va uning doimiy komissiyalarining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalari tasdiqlandi hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 1