Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
янв.21
Депутат туман марказида ташкил этилган корхона фаолиятини бориб ўрганди.
янв.21
Депутат ташаббуси билан кўчма кутубхона ташкил этилди.
янв.21
"Tumanda yangi parrandachilik investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda"
“Yoshlar kuni”da ochiq va samimiy muloqot

Qibray tumani hokimi-tuman Kengashi deputati Muzaffar Rashidov tegishli mutasaddilari bilan birgalikda tumandagi 16-umumiy oʼrta taʼlim maktabida boʼlib, oʼquvchi-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning taʼlimga boʼlgan qiziqishi, kasb tanlashdagi rejalari, zamonaviy bilim va koʼnikmalarni egallash borasidagi taklif va tashabbuslari tinglandi.

Shuningdek, taʼlim muassasasida oʼquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalari, fan toʼgaraklari, sport va axborot texnologiyalari xonalarining holatini koʼzdan kechirdilar. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, taʼlim sifatini yanada oshirish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Maʼlumki, Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvida haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilingan edi. Ushbu tashabbus asosida joylarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Slide 1 of 7