Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
"Zartepa" mahallasida ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rganish olib borildi

"Zartepa" mahallasida ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Y. Bo‘ronov tumandagi “Zartepa” mahallasida bo‘lib, mahallada yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. O‘rganish davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan yoshlarning ishga joylashishiga ko‘maklashish, yoshlar o‘rtasida turli madaniy-ma’rifiy hamda sport tadbirlarini tashkil etish, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining bir qismini to‘lab berish va shu kabi masalalar o‘rganildi.

Tashrif davomida deputat mahalladagi 44-umumta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etib, aholi murojaatlarini tingladi. Uchrashuv davomida aholidan mazkur maktab hududidan o‘tgan yo‘lda bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida piyodalar yo‘lakchasi hamda sun’iy ko‘tarma (yo‘l balandlatish) qilib berish, shuningdek shu kabi boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Deputat tomonidan barcha murojaatlar belgilangan tartibda qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga so‘rov xatlari chiqarilishi rejalashtirildi.

Bu kabi ishlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirilib, mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida va manzilli yechim topish hamda hududlardagi ijtimoiy muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 3