Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot va kelajak rejalari muhokamasi

Yoshlar kuni munosabati bilan tumanda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi 10-“Nurobod” saylov okrugi deputati Abdullayev Elyorbek Mirabdullayevich, 11-“Mingbuloq” saylov okrugi deputati Avliyoqulov Begzodbek Ortiqovich hamda 14-“Yangiobod” saylov okrugi
deputati Qodirov Abdumurod Abduqayumovichlar tomonidan faol yoshlar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvlarni deputatlar o‘zlari saylangan saylov okruglarida amalga oshirdilar. O‘tkazilgan tadbirlar yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan mamlakatimizda yoshlar siyosati yo‘nalishida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, hududlarda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni mahalla va ta’lim muassasalarida olib borilayotgan
islohotlarga keng jalb etish, volontyorlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi. Faol yoshlar
tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etishda deputatlar har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Tadbir yakunida ochiq muloqot shaklida savol-javoblar o‘tkazilib, yoshlarning takliflari asosida kelgusida manzilli dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi. Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, ularning ishonchini oshirish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 9