Deputatlar faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi D.Safarova, tuman Kengashi deputatlari hamda viloyat Kengashi deputati M.Kadirvovalar hamkorlikda tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganishlar olib bordi. Tashrif davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda dori-darmon ta’minoti holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunida deputatlar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishini ma’lum qildi.