Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
📍 Andijon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 Andijon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Umarov hamda Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.To‘htaoxunov bilan hamkorlikda Markaziy dehqon bozori hududida tashkil etilgan arzonlashtirilgan yarmarkalar va mazkur hududda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–247-son qarori ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Qarorning mazmun-mohiyati, uning amaliy ahamiyati, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, belgilangan talablarga rioya qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berilib, qonunchilik talablarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Mazkur uchrashuv tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, qonunchilik ijrosini ta’minlash hamda iqtisodiy faoliyatni shaffof va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5