Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti kafolati

 Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti kafolati 

Quva tuman adliya
bo‘limi hamda xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari xamkorligida tuman
sog‘liqni saqlash bo‘limiga qarashli shifoxonalar va oilaviy poliklinikalar bosh
shifokorlari, tuman umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari
rahbarlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash–O‘zbekiston davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishi” mavzusida seminar tadbiri tashkil etildi.  

Seminar davomida
so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida
amalga oshirilayotgan islohotlar, sohadagi qonunchilik asoslari, xususan, “Korrupsiyaga
qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, davlat tashkilotlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, mansabdor
shaxslarning mas’uliyatini oshirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va
huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari yuzasidan
fikr almashildi. 

Tadbirda ta’lim
va sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish,
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.  

Seminar yakunida
barcha rahbar va mas’ullarga o‘z faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash, halollik
va poklik tamoyillariga qat’iy amal qilish, korrupsiya holatlariga nisbatan murosasiz
pozitsiyani saqlash zarurligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 7