Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат тиббий муассаса фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
"Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi"
янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 📌 DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI 

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova tomonidan o‘z saylov okrugida joylashgan Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYo bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

Nazorat jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, xizmat ko‘rsatish muddatlariga rioya etilishi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, markazga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholi manfaatlarini himoya qilish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va ochiqlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3