Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
янв.21
Депутат туман марказида ташкил этилган корхона фаолиятини бориб ўрганди.
янв.21
Депутат ташаббуси билан кўчма кутубхона ташкил этилди.
янв.21
"Tumanda yangi parrandachilik investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda"
“Deputat nazoratida obodonlashtirish va ijtimoiy loyihalar”

“Deputat nazoratida obodonlashtirish va ijtimoiy loyihalar”

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga “Yangihayot” saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Normo‘minov mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida bevosita ishtirok etdi. Tashrif davomida hududni yanada obod qilish, atrof-muhitni tartibga keltirish hamda aholiga qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mahallada tadbirkor tomonidan qurilishi boshlangan 350 o‘ringa mo‘ljallangan xususiy maktabning boshlang‘ich bosqichdagi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha hududda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, farzandlarimiz uchun zamonaviy o‘quv muhitini yaratish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Deputat qurilish jarayonining belgilangan me’yor va talablar asosida olib borilishi, sifat va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini qayd etib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olinishi bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 3