Balandchaqir MFYda joylashgan nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarishlash xizmati ko‘rsatish uyiga xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Abduraimova tashrif buyurib ularni shart sharoitlarini o‘rgandi
Tashrifdan asosiy maqsad — markazda yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirish va bolajonlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy-tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganish bo‘ldi.
Deputat markaz xodimlari va bolajonlarning ota-onalari bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan masalalarni tingladi. Deputat tomonidan bolalarning sifatli parvarish qilinishi va kelgusida markaz imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.