Bugun xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining 28-sessiyasi o‘tkazildi. Unda tuman rivoji uchun muhim bo‘lgan bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi:
🔹 Iqtisodiy o‘sish va investitsiya: Prezidentimizning PQ-44-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari G‘.Karamanov hisobot berdi. Mazkur masala yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB vakillari o‘z fikrlarini bildirdilar.
🍎 Qishloq xo‘jaligida strategik yondashuv: Muhokamalarda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlantirish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori X.Ibragimov ishtirok etib, sohadagi muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
💧 Suv tejamkorligi: PQ-47-sonli qaror ijrosi doirasida suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha “Suv yetkazib berish xizmati” direktori A.Arolovning ma’ruzasi tinglandi.
Ochiqlik: Sessiya jarayonlari ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda uzatildi.