Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Deputat mahallada ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга муҳтож оилаларни ўрганди.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Депутат ногиронлиги бўлган сайловчиларнинг турмуш шароитларини ўрганди ва уларни муаммоларини тинглади.
янв.21
Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar murojaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qaroriga asosan amalga oshirilayotgan ishlar bo`yicha Paxtachi mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

O‘rganish jarayonida tuman hokimi aholi bilan bevosita muloqot qilib, Paxtachi mahallasini zamonaviy shaharsozlik mezonlari asosida yangi qiyofaga keltirish zarurligini alohida ta’kidladi. Xususan, ayrim fuqarolar tomonidan xonadon hujjatlarida belgilangan chegaralardan chiqib, qo‘shimcha yerlarni egallash hamda ko‘chalarni toraytirib qo‘yish holatlariga barham berish lozimligi qayd etildi. Bu borada qonuniylikni ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, maktab uchun zamonaviy sport zali va qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi, ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish hamda sug‘orish ariqlarini betonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Mazkur bunyodkorlik ishlari hudud infratuzilmasini yaxshilash, yoshlar uchun munosib sharoit yaratish va mahalla obodligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar yuklatildi. O‘rganish ishlari Paxtachi mahallasini har tomonlama rivojlantirish, tartib-intizomni mustahkamlash va hududni yanada obod maskanga aylantirishga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 8