Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Депутат ногиронлиги бўлган сайловчиларнинг турмуш шароитларини ўрганди ва уларни муаммоларини тинглади.
янв.21
Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar murojaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M. Abdurahmonova tomonidan Naqshbandiy ko‘chasidan o‘tuvchi Jo‘yibozor tranzit arig‘i boʻyicha tushgan murojaat oʻrganildi.

Oʻrganishda, ariq ichida maishiy chiqindilar to‘planib qolgani, uning ayrim qismlari xonadonlar hududidan o‘tishi sanitariya va xavfsizlik nuqtai nazaridan noqulayliklar keltirib chiqarayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ochiq joylarda joylashgan ko‘priklarning ayrimlari nosoz holga kelib qolgani qayd etildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida Sirdaryo–Soʻx irrigatsiya tizimlari havzasi boshqarmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi rahbari F. Tursunov nomiga aloqa xati yuborishga kelishildi.

Muammo to‘liq bartaraf etilgunga qadar mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4