Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Депутат ногиронлиги бўлган сайловчиларнинг турмуш шароитларини ўрганди ва уларни муаммоларини тинглади.
янв.21
Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar murojaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
#jarayon

essiya davomida Toshkent viloyati hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N. Normirzayeva shahar hokimining Murojaatnomasidan so‘ng so‘zga chiqib, unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar va istiqboldagi rejalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. U o‘z nutqida hududni kompleks rivojlantirish, ayniqsa oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida to‘xtaldi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlik, avvalo, oilalardagi farovonlik va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bois 2026-yilda amalga oshiriladigan dasturlar doirasida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, kasb-hunarga o‘qitish, yosh qizlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni manzilli qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

Shuningdek, u mahalla va jamoatchilik institutlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, profilaktik va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish orqali sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish zarurligini alohida urg‘uladi.

Yakunda N. Normirzayeva belgilangan vazifalarni amalga oshirishda barcha darajadagi rahbarlar, mutasaddilar va keng jamoatchilikni hamjihatlikda ishlashga chaqirib, Nurafshonning barqaror taraqqiyoti yo‘lida birgalikdagi sa’y-harakatlar muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Slide 1 of 3