Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ijtivoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
янв.21
Deputat aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish muassasi faoliyatini o‘rgandi
DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Turopova Dilbar Toji qizi tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO (Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish) organlarida aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi. 

Nazorat tadbiri davomida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, navbat tizimi, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, xizmat ko‘rsatish muddatlariga rioya etilishi o‘rganildi. Shu
bilan birga, binolarda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, axborot stendlari va huquqiy tushuntirish materiallarining mavjudligi ham tahlil qilindi.
 

O‘rganishlar jarayonida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va mulohazalari eshitildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. 

Deputatlik nazoratidan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.  

Slide 1 of 3