Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ijtivoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
янв.21
Deputat aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish muassasi faoliyatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTAT MAKTABDAGI SHAROITLARNI O‘RGANDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan 43-umum ta’lim maktabida deputatlik nazorati tadbiri amalga oshirildi.

Nazorat davomida ta’lim muassasalarining sport zallari, mavjud sport anjomlari, ularning texnik va sanitariya holati o‘rganildi. Deputat maktab rahbariyati, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazib, yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Tashrif davomida mavjud kamchiliklar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga topshiriqlar yuklatildi.

Deputat tomonidan bu kabi nazorat tadbirlari ta’lim muassasalarida sog‘lom muhitni ta’minlash, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va jismoniy tarbiya infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida muntazam ravishda olib borilishi ta’kidlandi.