Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
янв.21
Deputat aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish muassasi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga xizmat ko‘rsatish muassasasi faoliyati o‘rgandi.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
янв.21
Saylovchilar murojaati o‘rganildi
📚 Xalq deputatlari vakili tashabbusi: “Kitobxon yoshlar – jamiyat ko‘zgusi”

    Joriy yilning 11-fevral kuni Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashi deputati Urol Chutbayev tashabbusi bilan Sho‘rchi tumani “Konobod” mahallasi hududidagi 35-maktab kutubxonasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxon yoshlar – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

    Tadbir davomida kitobsevarlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarda mutolaaga qiziqish uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda targ‘ibot ishlarini yanada jadallashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

    Tadbirda so‘zga chiqqan deputat Urol Chutbayev shunday ta’kidladi:

“Oilada ayol kitobxon bo‘lsa, butun oilaga ma’naviyat ziyosi taraladi. Zero, kitoblar yaxshilikka yetaklaydi, insonning ma’naviy dunyosini boyitadi, fikrlash doirasini kengaytiradi va nutq madaniyatini oshiradi”. 

📖 Kitob mutolaasi — yuksak ma’naviyat va barkamol avlod garovidir.

Slide 1 of 1