Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q. Igamberdiyeva “Istara” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomida yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati ko‘rib chiqilib, aholi muammolari muhokama etildi.
Shuningdek, 12-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, bolalar ovqatlanish jarayoni jamoatchilik nazorati asosida ko‘zdan kechirildi. Taomnoma sifati, mahsulotlar saqlanishi va sanitariya talablariga rioya etilishi e’tiborga olindi. Ota-onalar bilan muloqot o‘tkazilib, takliflar tinglandi.
O‘rganishlar bolalar salomatligi va sifatli ovqatlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)