Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-«Bodomtepa» saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida kutubxona xodimlarining ish jarayoni, kitoblar fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda axborot-kutubxona xizmatlari sifati muhokama qilindi. Shuningdek, deputat tomonidan mamlakatimizda qonunchilik sohasidagi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.