Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi xonadonlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ustidan deputat nazorati o’rnatildi.
Yurtimizda xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora mustahkamlanib bormoqda.
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi Kotibiyat mudiri B.Baxovadinov hamda saylov okrugi deputati G‘.Sadikovlar tumandagi Kim Pen Xva mahallasida bo‘lib, Xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo’lgan o’zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, mahallalar, aholi turar-joylarini obodonlashtirish maqsadida aholi xonadonlarning tozalik va obodonlashtirish ishlariga o’z hissalarini qo’shgan holda hududlardagi obodonlashtirish ishlari ko‘rib chiqdilar.