Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Fuqarolarning mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат халқ номидан маҳалла еттилиги ходимлари хисоботини эшитди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат бошчилигида жиноят ва хуқуқбузарликларни олдини олиш мақсадида профилактика инспекторининг хисоботи эшитилди.
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan tumandagi Axborot-kutubxona markazi o‘rganildi.
янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash deputatlari Islom Sivilizatsiyasi Markazida bo‘lib, xalq bilan muloqotda bo‘lishdi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash deputatlari Islom Sivilizatsiyasi Markazida bo‘lib, xalq bilan muloqotda bo‘lishdi

Bugun 4-fevral kuni xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi, kotibiyat mudiri hamda Kengash deputatlari Islom Sivilizatsiyasi Markazida bo‘lib, aholi bilan muloqot o‘tkazdilar. Tadbir davomida deputatlar va "Xastimom" mahalla yettilik vakillari, markazning ilmiy va madaniy faoliyatlari bilan tanishib, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini muhokama qildilar.

Ushbu uchrashuvda, ayniqsa, nuroniylar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ular tomonidan bildirgan taklif va tavsiyalarni tinglashga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlar, shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy masalalar, tarbiyaviy-ma’rifiy faoliyatlar va yoshlarni tarbiyalash borasida aholi bilan fikr almashdilar.

Uchrashuvda, "Xastimom" mahallasida amalga oshirilgan loyihalar va kelgusi rejalarga ham to‘xtalindi. Islom Sivilizatsiyasi Markazida tashkil etilgan muloqot, aholi o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga, shuningdek, qonun loyihalarini xalq bilan kelishishda shaffoflikni ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, deputatlar, xalqning ehtiyojlari va takliflari asosida ijtimoiy sohadagi samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldilar. Bu kabi muloqotlar, jamoatchilik fikrini inobatga olish va davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 7