Sessiya davomida quyidagi masalalar yuzasidan hisobotlar tinglandi:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-392-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida tuman hokimi K.Xushbakovning hisoboti muhokama qilindi.
🔹Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 2025-yil 21-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlarini faoliyatini muvofiqlashtirish haqida”gi VII-6-16-7-102-K/25-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Raxmatullayevning axboroti tinglandi. Sessiya yakunida deputatlar masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berib, qarorlar qabul qildi.