Xalq derutatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva o‘z saylov okrugi “Maorif” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha belgilangan jadval asosida deputat qabuli o‘tkazdi. Mahallaning turli ko‘chalaridan tashrif buyurgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va shikoyatlarni xalq vakiliga bayon qildilar.
Har bir murojaat ko‘rib chiqilib, ularni amaldagi tartiblar asosida hal etish choralari belgilandi.